16:04 / 13.04.2017
45724

Arab mamlakatlaridagi eng taniqli brend endi O‘zbekistonda: “Al Baik” fudkortiga marhamat!

Ba'zan oila a'zolarimiz, yaqinlarimiz, do‘stlarimiz bilan hordiq olish maqsadida mo‘'jazgina go‘shaga borishni istaymiz. Bu borada taklif juda ko‘p, biroq eng yaxshisini tanlash biroz ikkilantiradi. 

Shahrimizning qoq markazida joylashgan “Shedevr” savdo-ko‘ngilochar majmuasining ikkinchi qavatidagi shinam restoran bu borada munosib tanlov bo‘la oladi. Nima uchun deysizmi? Sababi, aynan shu yerda Arab mamlakatlarining eng mashhur va sevimli taomi hisoblangan “Al Baik” fast-fudini topishingiz mumkin. 

“Al Baik” bilan tanishamiz

“Al Baik” – O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan Arabistonning taniqli franchayzing restoranidir. 

“Al Baik” – Arab mamlakatlarining eng mashhur va ko‘p iste'molchilarga ega fast-fud tarmog‘i bo‘lib, tovuq va baliq mahsulotlaridan mazali taomlarni taqdim etadi. Restoranning bosh idorasi 1974 yil Jiddada ochilgan bo‘lib, mamlakatning ko‘plab hududlari, jumladan, Makka va Madinada ham o‘z filiallariga ega.

Shuningdek, "Al Baik" taomlari Haj va Umra safariga tashrif buyurgan o‘zbekistonlik ziyoratchilarning ham eng sevimli taomlaridan biri sanaladi. 

Hattoki, arabcha "KFC" deya ta'rif olgan bu fast-fudni tanovul qilish uchun kelgan insonlar juda katta navbatni tashkil etadi. 
 
Fudkort haqida

Mazkur fudkort har tomonlama shinam va ozoda bo‘lib, siz va yaqinlaringizga yaxshi kayfiyat, iliq muhit hamda yoqimli taassurotlar ulashadi.

Aynan shu maskanda hech qayerda uchramaydigan retseptlardan tayyorlangan turkcha, arabcha va parhez taomlar, shuningdek, betakror ta'mga ega pitssa, shirinliklarni iste'mol qilish imkoni mavjud. Arabistonlik oshpaz tomonidan tayyorlangan mazali yeguliklar har qanday xo‘randaning ko‘nglidan joy olishiga ishonamiz. 

Bolalar uchun maxsus maydonlar

Fudkortning yana bir quvonarli jihati – bolalar uchun tashkil etilgan ajoyib ko‘ngilochar maydonlardir. Bu yerda jajji bolajonlar maxsus o‘yin maydonchalarida maroqli dam olishlari, sevimli avtomat o‘yinlarini o‘ynashlari mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, ularning miriqib hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bu yerda tug‘ilgan kun va boshqa shodiyonalarni ham chiroyli o‘tkazish mumkin. 

Eslatib o‘tamiz: oilaviy dam olish va bolalarning tashrifini hisobga olgan holda majmua hududida tamaki chekish va spirtli ichimliklarni ichish man etilgan.

Shuningdek, bouling maydonchasi do‘stlar va yaqinlar bilan vaqtingizni yanada chog‘ o‘tkazishingizga yordam beradi.

Mahsulotlar sifati

Restoran ma'muriyati barcha mahsulotlar yangiligi, sifatiga alohida e'tibor qaratadi. Taomlarga solinadigan masalliqlar “Shedevr” savdo majmuasi do‘konidan keltiriladi. Tovuqlar ham sinalgan joydan olinadi. 

Shuningdek, oshpazlarning ish tajribasi, mahorati, xodimlarning esa ozodaligi ham muntazam tekshirib boriladi. Bir so‘z bilan aytganda, “Al Baik”da yuqori sifat, betakror ta'm, mijozlar mamnuniyati birinchi o‘rinda turadi. 

Siz ham bu mo‘'jazgina restoranga tashrif buyurib, xalqaro fast-fud tarmog‘ining mazali taomlariga baho bering! Darvoqe, siz istalgan menyuni tanlab, yetkazib berish xizmati (dostavka)dan foydalanishingiz ham mumkin.

Manzil: Toshkent shahri, Navoiy ko‘chasi, 11B; “Shedevr” savdo-ko‘ngilochar majmuasi, ikkinchi qavat
Telefon: 142 01 42
Ish vaqti: 10:00dan 22:00gacha
Email: @shedevr.trc
Facebook: https://www.facebook.com/shedevr.trc/

Reklama huquqi asosida

Top