Jahon | 20:19 / 13.04.2017
20521
2 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad Idlibdagi kimyoviy hujum haqidagi ayblovlarga javob qaytardi

Suriya prezidenti Bashar Asad Idlib viloyatida kimyoviy qurol ishlatilgani haqidagi xabarlarni  «yuz foizga yolg‘on» deb atadi. Bu haqda u «Bi-bi-si» uchun intervyusida aytib o‘tgan.

Uning qayd etishicha, Suriya hukumati bir necha yillar muqaddam kimyoviy qurollar zaxiralarini yo‘q qilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Damashq Idlibdagi hodisani tekshirish uchun yordam beradi.

Bundan oldinroq Suriya armiyasi G‘arb koalitsiyasini Dayr-az-Zorda jangarilarning kimyoviy qurollar saqlangan omborxonalariga hujumlar qilish va yuzlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘lishda ayblagandi.

4 aprel kuni Idlib viloyatining Xon-Shayxun shahriga Suriya samolyotlari tomonidan berilgan kimyoviy hujum oqibatida 80 kishi halok bo‘lgani, yuzlab kishilar zaharlangani haqida xabarlar berildi.

AQSh va Turkiya kimyoviy hujum uchun javobgarlikni Suriya rahbariyati zimmasiga yukladi. Rasmiy Damashq esa mazkur hodisaga aloqadorligini rad etdi.

Kimyoviy hujumdan ko‘p o‘tmay, 7 aprelga o‘tar kechasi AQSh Suriyaning Shayrat aerodromiga «Tomagavk» qanotli raketalari yordamida zarbalar berdi. Amerika ma'muriyatining fikricha, kimyoviy hujum aynan shu aerodromdan uchgan samolyotlar vositasida amalga oshirilgandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid