23:55 / 13.04.2017
9079

Qirg‘izistonda lotin yozuviga o‘tish taklif qilindi

Foto: RIA

Qirg‘iziston parlamenti deputati Kanibek Imanaliyev Qozog‘istondan o‘rnak olib, kirillcha yozuvga asoslangan qirg‘iz alifbosini lotin yozuviga asoslangan alifboga o‘tkazishni taklif qildi. 

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 12 aprelda hukumatga yil oxirigacha milliy alifboni lotin alifbosiga o‘tkazishni tayyorlashni topshirdi. Ushbu jarayonni 2025 yilgacha yakunlash rejalashtirilgan. Bu vaqtgacha barcha ishchi hujjatlar, davriy nashr va kitoblar lotin yozuvida chiqishi kerak.  

"Turkmaniston, O‘zbekiston va endi Qozog‘iston lotinchaga o‘tmoqda. Men hozir bizda buning uchun pullar yo‘qligini bilaman, biroq ma'lum vaqtdan keyin, 2030-2040 yillargacha buni amalga oshirish kerak", deb aytgan Imanaliyev.   

Uning fikricha, Qirg‘iziston hozirdanoq lotin alifbosidan mutaxassislarni tayyorlashi zarur. Uning fikricha, bu alifboni qo‘llash "zamon talabi va texnologiyalarni rivojlanishtirish" hisoblanadi. Bundan tashqari, kirillchadan voz kechish qirg‘izlarning milliy o‘xshashligini saqlab qolishga yordam beradi. 

Qirg‘izistonda 20-asr boshida lotin alifbosi ishlatilgan, 1940 yildan esa to‘liq kirill alifbosiga o‘tilgan.  

Top