Jahon | 08:24 / 13.04.2017
3242
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Venesueladagi namoyishlarda besh kishi halok bo‘ldi

Venesuelada mamlakat prezidenti Nikolasa Maduroga qarshi bo‘lib o‘tayotgan namoyishlar vaqtida, so‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, besh kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Estrategia & Negocios nashri xabar bermoqda.

Mahalliy prokurorning so‘zlariga ko‘ra, 11 aprel kuni Barkisimeto tumanida bo‘lib o‘tgan namoyishlarda 13 yashar o‘spirin va 36 yoshli erkak halok bo‘lgan. U boshqa tafsilotlarga to‘xtalmagan.

Shuningdek, ma'lum qilishlaricha, 6 va 11 aprel kunlari Karakas hamda Valensiyada ikki nafar o‘smir otib tashlangan.

Muxolif deputat Xuan Rekvesensning aytishicha, beshinchi halok bo‘lgan inson ayol kishi. Ayol ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan bug‘ilib o‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid