Rossiya O‘zbekistonga harbiy texnika yetkazib berishni oshiradi

Rossiya O‘zbekistonga harbiy texnika yetkazib berishni oshiradi, tegishli shartnoma mamlakat Federatsiya Kengashi tomonidan ratifikatsiya qilindi, deb yozmoqda «Parlamentskaya gazeta».
Federatsiya kengashining mudofaa va xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi Olga Kovitidining xabar berishicha, hujjat Moskvada 2016 yilda imzolangan bo‘lib, har ikki davlat manfaatidagi harbiy-texnikaviy maqsadlarga mo‘ljallangan mahsulotlarni yetkazib berishni yanada samarali amalga oshirishga yo‘naltirilgan, deb ta'kidlaydi parlament nashri.
Shartnoma bilan Rossiya va O‘zbekistonning qator yo‘nalishlar bo‘yicha harbiy-texnikaviy hamkorligi huquqiy asoslari o‘rnatiladi. Xususan, bular – harbiy maqsaddagi mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish, qurol-yarog‘ va harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish, harbiy-texnikaviy yordam ko‘rsatish, ilmiy-tadqiqot va tajribaviy - konstruktorlik ishlarini bajarishdir.
Shartnomani amalga oshirish bo‘yicha Rossiya tomonidan harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Federal xizmat, O‘zbekistondan esa – O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi vakolatli idora bo‘ladi.
Harbiy mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish tomonlar vakolatli organlarining maslahatlashgani holda amalga oshiriladi.
«Shartnomani bajarish Rossiya va O‘zbekistonning qurol-yarog‘ va harbiy texnika sohasidagi ishlab chiqarish, texnik xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash va foydalanish bo‘yicha mudofaa sohasidagi korxonalarining o‘zaro harakatlari uchun ijobiy rejim yaratadi», - deya aytib o‘tgan Rossiya harbiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha Federal xizmati rahbari o‘rinbosari Vladimir Drojjov.
Federatsiya kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachevning fikricha, Rossiyaning O‘zbekiston bilan istalgan ko‘rinishdagi shartnomalari faqatgina ijobiy qarshi olinadi.
«Harbiy sohadagi kelishuvlar esa o‘zaro ishonchli munosabatlarning yuqori darajasidan darak beradi», - deya aytib o‘tgan senator.
Yevropa va Amerikaning qator tahliliy institutlari ma'lumotiga ko‘ra, hozirgi kunda O‘zbekiston harbiy byudjyeti har yili 70-80 mln. dollarni tashkil etadi. Rossiya harbiy byudjyeti esa 60 mlrd. dollar, deb baholanadi.
Armiyada ayni damda 65 ming harbiy xizmatchi bor. Global Firepower hisobotiga ko‘ra, qurolli kuchlar 420ta tank, 715ta piyoda mashinalari, 143 o‘ziyurar, 880ta qurol va 109ta zalp o‘t ochuvchi tizimlariga ega. Harbiy-havo kuchlarida 69ta qiruvchi, 89ta hujum guruhi turli samolyotlari, 49ta yuk tashiydigan samolyot, 65ta oddiy va 25ta jangovar vertolyotlar, shuningdek, boshqa texnikalar bor.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Parlamentda ko‘pchilik bloki tuzildi. Endi muxolifat ham paydo bo‘ladimi?
O‘zbekiston | 15:35
-
Kolumbiya Panama sobiq prezidentiga boshpana taqdim etdi
Jahon | 15:28
-
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 15:08
-
Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi
Jahon | 14:36
Mavzuga oid

14:36
Zelenskiy Putinning to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish taklifiga javob qaytardi

22:28 / 10.05.2025
Ukraina muzokaraga tayyorligini aytdi, Rossiya o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi

20:58 / 10.05.2025
Kellog 30 kunlik otashkesimdan keyin Ukraina mojarosiga barham berilishini aytdi

19:20 / 10.05.2025