21:47 / 13.04.2017
8197

“Sog`lom avlod uchun” fondi oilalardagi psixologik muhitni o‘rganib chiqdi

O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholi salomatligini mustahkamlash, jismoniy sog‘lom va ma'naviy boy, intelektual salohiyatli yosh avlodni tarbiyalash borasida yoshlarimizni sog‘lom va baquvvat bo‘lib kamol topishlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2124-sonli Qarori hamda 2014 yil 1 avgustdagi PQ-2221-sonli “O‘zbekistonda aholi reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘ligini muhofaza qilish Davlat dasturi to‘g‘sida”gi Qarorlari ijrosi doirasida jadal suratda ishlar olib bormoqda. 

Jumladan, “Sog`lom avlod uchun” fondi ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari O‘zbekiston bo‘ylab mahallalar va qishloqlarda bo‘lib, aholini ayniqsa, voyaga yetmagan qizlar va bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ularga sog‘lom turmush tarzi va uni to‘g‘ri shakllantirish mavzularida tibbiy maslahatlar bermoqda.

Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, 2017 yilning I choragi davomida “Sog`lom avlod uchun” fondining ko‘chma tibbiy-ijtimoiy yordam brigadalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 272 ta qishloq va 758 ta mahallalaridagi 5628 ta oilalarning ijtimoiy sharoiti, undagi psixologik muhit va bolalar sog‘ligi o‘rganildi. Tibbiy ko‘rik davomida jami 54748 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shundan, ayollar 25879 nafarni, bolalar 16448 nafarni, o‘smirlar 8062 nafarni, erkaklar 4359 nafarni tashkil qildi. Tibbiy ko‘riklar bilan bir qatorda 905 marotaba OITS, giyohvandlik, sog‘lom turmush tarzi, reproduktiv salomatlik va qizlarni erta turmushga berish holatlari yuzasidan davra suhbatlari o‘tkazilib, jami 37468 nafar ishtirokchi qamrab olindi.

2017 yilning 13 aprel kuni Toshkent shahri Shayhontohur tumani Hamid Rahmatullayev ko‘chasi 3-uyda “Sog`lom avlod uchun” fondi Tibbiy ijtimoiy Markazi shifokorlari tomonidan aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘riklar jarayonida, asosan, yoshi ulug‘ keksalar, urush va mehnat fahriylari, ayollar va bolalar salomatligiga alohida e'tibor qaratildi. Shu bilan birga ushbu hududdagi maktab, akademik litsey va kollej o‘quvchilari orasida sog‘lom turmush tarzi va reproduktiv salomatlikni to‘g‘ri shakllantirish, “Zamonaviy kontratseptsiya usullaridan to‘g‘ri foydalanish”, “Tug‘uruqlar oralig‘ini saqlashning ahamiyati”, “Klimaktirik davr” mavzularida tushuntirish va targ‘ibot ishlari o‘tkazildi.

Top