Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Har kuni qahva ichishning salomatlik uchun 4 ta foydasi
Ichimlikning afzalliklari orasida ozishga yordam berish va surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish bor.
Foto: pxhere.com
Qahva shunchaki tetiklashish usuli emas. U salomatlik uchun bir qator afzalliklarga ega: ichak faoliyatini qo‘llab-quvvatlashdan tortib, vazn yo‘qotishga yordam berishgacha. Bu haqda Verywell Health farmatsevtika fanlari doktori Li Veddl tomonidan tekshirilgan maqolada yozmoqda.
Maqolada qahva iste’mol qilishning 4 ta afzalligi sanab o‘tilgan bo‘lib, ularning har biri ilmiy asoslangan.
Ular orasida, xususan, uzoq umr ko‘rishga ko‘maklashish, ichak faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ozishga ko‘maklashish va surunkali kasalliklar xavfini kamaytirish bor.
The Journal of Nutrition jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, har kuni bir finjondan uch finjongacha kofeinli qora qahva iste’mol qilish o‘lim va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishi mumkin.
1. Qahva uzoqroq yashashga yordam berishi mumkin
Olimlarning aniqlashicha, kuniga kamida bir finjon kofeinli qahva ichgan odamlarda barcha sabablar, jumladan, yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘lim xavfi 16 foizga, ikki-uch finjon qahva ichganlarda esa 17 foizga kamaygan. Biroq, ozgina shakar va sut yoki qaymoq qo‘shish bu afzalliklarni biroz pasaytiradi: bunday holda o‘lim xavfi atigi 14 foizga kamaydi. Biroq, nashr ta’kidlaganidek, bu tadqiqot cheklovlarga ega va yakuniy emas, uni tavsiyaviy deb hisoblash kerak.
2. Qahva ichakni quvvatlashi mumkin
Qahva ichak mikrobiomini - mikroblar jamoasini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Biotechnology and Genetic Engineering Reviews jurnalida chop etilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, qahva ichadigan odamlarda (oddiy va kofeinsiz) xinin kislotasi darajasini oshiradigan ichak bakteriyasi Lawsonibacter asaccharolyticus miqdori yuqori bo‘ladi. Bu antioksidant oksidlanish stressi va yallig‘lanishni kamaytirishga yordam beradi. Qahva tarkibidagi polifenollar prebiotik ta’sir ko‘rsatib, foydali ichak bakteriyalarining ko‘payishiga yordam berishi mumkinligi qayd etilgan. Turli-tuman ichak mikrobiomi, o‘z navbatida, ichakning muntazam ravishda bo‘shashiga yordam beradi.
3. Qahva ozishga yordam berishi mumkin
Qahva vazn yo‘qotish uchun mustaqil vosita sifatida, albatta, natija bermaydi, ammo u metabolizmni yaxshilashi mumkin. Bu ichimlik, ayniqsa, ko‘proq kaloriyalarni yoqishga yordam beradi. Journal of Endocrinology jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko‘ra, qahva ichgandan so‘ng uch soat ichida metabolizm 5-20 foizga tezlashadi. Shuningdek, qahva yog‘larning parchalanishini kuchaytiradi, ayniqsa tana vazni kam bo‘lgan odamlarda. Bundan tashqari, u ishtahani pasaytiradi: bir tadqiqot natijalariga ko‘ra, ovqatdan oldin qahva ichilsa, erkaklar uchun iste’mol qilinadigan kaloriya miqdorini taxminan 20 foizga kamaytirish mumkin, ammo ayollar uchun emas.
4. Qahva surunkali kasalliklar xavfini kamaytiradi
Muntazam ravishda qahva ichish yurakni himoya qilishi va surunkali kasalliklar xavfini kamaytirishi mumkin. Nashr qahva foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar orasida Parkinson kasalligi, 2-tur qandli diabet, insult va yurak yetishmovchiligini sanab o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, salomatlik haqidagi xabarlar tavsiyaviy xususiyatga ega. Muhim qaror qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Mavzuga oid
17:17 / 31.05.2026
Tramp tibbiy ko‘rikdan o‘tdi: unga ozish tavsiya qilindi
21:07 / 11.05.2026
Olimlar uzoq umr ko‘rish genini topib, umr davomiyligini oshirishga muvaffaq bo‘ldi
08:53 / 06.05.2026
Yangilikka intiling – mutaxassislar uzoq umr ko‘rish sirlarini aytdi
22:09 / 03.05.2026