O‘zbekiston | 14:15 / 13.04.2017
21869
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Prezidenti sudyalarning lavozimda bo‘lish muddati to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 12 aprel kuni “O‘zbekiston Respublikasining “Sudlar to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual va Xo‘jalik protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunga imzo chekdi, deb xabar bermoqda Uzdaily.uz. 

Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2017 yilning 18 mart kuni qabul qilingan va Senat tomonidan 2017 yilning 28 mart kuni tasdiqlangan. Qonun 2017 yilning 1 iyunidan boshlab kuchga kiradi. Sudyalarni saylash, tayinlash va vakolati muddati tartibi to‘g‘risidagi nizom, hujjat OAVda rasman e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonundagi o‘zgartishlar va qo‘shimchalarga muvofiq, sudyalarni saylash (tayinlash), ularning vakolatlarini muddatidan oldin to‘xtatish tartibi belgilandi.

Qonun bilan sudyalik lavozimida boshlang‘ich besh yil, navbatdagi o‘n yil va keyingi muddatsiz ishlash, sudyalar vakolati muddatini hisoblash tartibi, ulardan kelib chiqib umumiy sudyalik stajini hisoblash tartibi, sudlar raislarini 5 yilga saylash (tayinlash), bu lavozimni bir sudda ketma-ket ikki muddat davomida egallashga taqiq qo‘yish nazarda tutilgan.

Shu bilan birga, Oliy sudda sudyalik lavozimini egallashda yosh chegarasi o‘rnatilmoqda. Unga ko‘ra, Oliy sudda – 70 yosh, boshqa sudlarda – 65 yosh, Oliy sudda sudyalikni 5 yilga cho‘zdirish imkoniyati – mamlakat Prezidenti tomonidan, boshqa sudlarda – Oliy sud kengashi tomonidan taqdim etilishi mumkin.

Qonun shuningdek O‘zbekiston sud tizimini isloh qilishga qaratilgan qonunchilik aktlariga boshqa o‘zgartish va qo‘shimchalarni ham nazarda tutgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid