Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jurnalistlar Turkiyada Atambayevga avval tegishli bo‘lgan yana bir kompaniyani topishdi
Kloop.kg nashri jurnalistlari Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va uning rafiqasiga qarashli bo‘lgan yana bir turk kompaniyasini topishdi.
Ta'kidlanishicha, Almazbek va Raisa Atambayevalar 2006 yilning dekabrida Turkiyaning Foreks Makina kompaniyasidagi o‘z ulushlarini sotib yuborishgan. Rasman bu kelishuv Atambayevlar oilasiga 98 ming dollar mablag‘ olib kelgan. Shu bilan birga, Atamboyev Foreks Makina kompaniyasida aksiyalarni qachon xarid qilgani noma'lum.
Foreks Makina Turkiya fuqarolari Levent va Ahmad Qo‘rqmazovlarga tegishli bo‘lgan, 2012 yilda esa kompaniya Termikel Group’dan bo‘lgan Ahmad Qayyoga sotib yuborilgan. 2015 yilning oktabrida Qayyo Foreks Makina’ni Elektromed Elektronik bilan birlashtirgan. Atambayev aynan so‘nggi kompaniya sotilganidan so‘ng 35 million dollar ishlab topgan.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshlarida Almazbek Atambayev Qirg‘iziston bosh prokurori Indira Joldubayeva bilan uchrashuv davomida, 2003 yilning yanvar oyida Izmir shahrida unga tegishli bo‘lgan sanoat korxonasi aksiyalari to‘plamini turk tadbirkoriga 35 million AQSh dollariga sotib yuborgani haqidagi hujjatlarni topshirgandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026