Jahon | 08:52 / 14.04.2017
40664
2 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik harbiylar eng kuchli noyadroviy bomba sinovi videosini taqdim qilishdi

AQSh harbiy-havo kuchlari eng kuchli noyadroviy bomba deb e'tirof etiluvchi GBU-43/B bombasining sinovdan o‘tkazilishi videosini namoyish qildi.

Bomba sinovi 2003 yilda o‘tkazilgan, biroq ushbu sinov videosi AQSh 13 aprelda ushbu bomba bilan Afg‘onistonda IShIDning pozitsiyalariga zarba bergandan keyin paydo bo‘ldi. Og‘irligi 9,5 tonnalik bomba MC-130 samolyotidan tashlangan.  

AQSh prezidenti ushbu zarbani "juda muvaffaqiyatli missiya" deb atadi. 

Mutaxassislarning fikricha, AQShda bunday bombadan yana 15 dona bor.

Ta'kidlanishicha, ushbu bomba o‘z vaqtida Iroq armiyasi va hukumatiga ruhiy ta'sir quroli sifatida yaratilgan bo‘lishi mumkin. Bomba qo‘llangandan keyin iroqlik harbiylar qo‘rquvdan darhol taslim bo‘lishlari taxmin qilingan.  

Biroq bomba kechagi kungacha biror marta jangovar sharoitda qo‘llanmagandi. 

AQShda ushbu bombaga "barcha bombalarning onasi" (mother of all bombs) degan norasmiy nom ham berilgan.

 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid