Jamiyat | 20:44 / 14.04.2017
14667
1 daqiqa o‘qiladi

Havodan ichimlik suvi oladigan qurilma ixtiro qilindi

AQShdagi Massachusets texnologik instituti olimlari havodan toza suv olishga imkon beruvchi qurilma yaratdilar. Ushbu ixtiroga bag‘ishlangan maqola Science jurnalida chop etildi.

Qurilma havo nisbiy namligi 20 foiz va undan yuqoriroq bo‘lganda suv bera oladi. Buning uchun u quyosh nuridan foydalanadi. Qurilma negizida changsimon holatgacha maydalangan metalloorganik karkas strukturalardan foydalanish yotadi. Ushbu strukturalar Berklidagi Kaliforniya universitetida yaratilgan.

Qurilma quyidagicha ishlaydi: havodagi suv ushbu chang sirti bilan bog‘lanadi, so‘ngra quyosh nuri ta'sirida bug‘lanib, kondensatorga cho‘kadi. Sinovlarning ko‘rsatishicha, namlik 20-30 foiz bo‘lganda qurilma 12 soat ichida 3 litrgacha suv yig‘a oladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid