Sport | 22:26 / 15.04.2017
16296
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina muxlislari uchun xushxabar: Messining jazosi kamaytiriladi

Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining diskvalifikatsiyasi qisqartiriladi, deya xabar bermoqda La Nacion nashri.

Manba bergan xabarga ko‘ra, agar futbolchi o‘zining apellyatsiyasi ko‘rib chiqiladigan yig‘ilishda tashrif buyursa FIFA uning to‘rt uchrashuvlik diskvalifikatsiyasini 2tagacha qisqartirilishi mumkin. Agar Messi bitta o‘yinni o‘tkazib yuborganini hisobga olsak, jazo yengillashtirilsa, u yana bitta uchrashuvni o‘tkazib yuborishi kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona»ning 29 yoshli hujumchisi o‘yin vaqtida hakamga nisbatan haqoratli so‘zlarni ishlatgani uchun 4 o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.

FIFA ijroqo‘mining yig‘ilishi 4 may kuni Tsyurixda bo‘lib o‘tadi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid