Braziliyalik sobiq futbolçi Rivaldo bilan hisob-kitob qilinmagunça «Bunyodkor» futbol klubi yangi futbolçilarni röyxatdan ötkaza olmaydi. Bu haqda FIFA 23 iyun kuni qaror qabul qildi va 2 iyul kuni Özbekiston Professional futbol ligasini (PFL) ogohlantirdi.

Avvalroq «Bunyodkor» braziliyalik sobiq futbolçisi oldida yuzaga kelgan qarzdorlikni rasman tan olgan bölib, keyinçalik uni beş yil davomida bosqiçma-bosqiç tölab boriş yuzasidan Rivaldo bilan kelişuvga erişgandi.

2024- va 2025-yilgi mavsumlar davomida klub beş yillik kelişuv doirasidagi majburiyatlarini bajardi. Biroq 2026 yilga kelib, klub ta’sisçisi va boş homiysi hisoblangan «Özbekneftgaz» AJ «Bunyodkor» futbol klubini moliyalaştirişni töxtatgaç, klub joriy yilning may oyiga qadar amalga oşirilişi kerak bölgan qarzning navbatdagi tölovini bajara olmadi.

Şundan söng, Rivaldo FIFAga qayta şikoyat kiritdi. Qöşimçasiga, «Bunyodkor» bilan tuzilgan beş yillik kelişuv şartlari va unda nazarda tutilgan çegirmalar ham bekor qilindi.

Qayd qilinişiça, Özbekistonda yozgi transfer oynasi 10 avgustga qadar davom etadi, ammo «Bunyodkor» yangi futbolçilarni Liga röyxatidan ötkaza olmaydi. Klub mavjud futbolçilar bilan mavsumni yakunlaşi, şuningdek, taqiq kuçga kirguniga qadar «Bunyodkor» akademiyasi tarbiyalanuvçisi sifatida FIFA röyxatida mavjud bölgan yoş futbolçilarnigina keyinçalik öz qaydnomasiga qöşişi mumkin böladi.

Joriy yilning 23 iyun sanasidan keyin «Bunyodkor» futbol akademiyasiga qabul qilingan yoş futbolçilar ham mazkur taqiq doirasida klub uçun röyxatdan öta olmaydi.

Rivaldo oldidagi qarzdorlik qança?

Avvalroq, «Bunyodkor»ga Rivaldo uçun jami 11 mln 164 ming 398 yevro miqdorida pul tölaş majburiyati yuklatilgan edi. Ammo klub va futbolçi özaro kelişuvga erişib, umumiy qarzdorlik summasi 7 mln 500 ming yevroga kamaytirildi.

«Bunyodkor» klubi bergan ma’lumotlarga köra, 2026 yil uçun tölovlarni belgilangan muddatda tölaşning imkoni bölmagan.

Kun.uz manbasiga köra, «Bunyodkor»ning yillik budjeti davlat tomonidan ajratiladigan 35 mlrd sömdan iborat. Rivaldoning 2028 yilgaça bölib tölanadigan qarzining 2026 yil uçun tölovlari esa umumiy budjetning yarmini taşkil etadi. Şuningdek, davlat ham 35 mlrd sömdan braziliyalik futbolçining qarzini yopişga ruxsat bermagan.