O‘zbekiston | 13:14 / 15.04.2017
30333
1 daqiqa o‘qiladi

Chilonzor tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi

Toshkent shahar Chilonzor tumani IIBga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston IIVning “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Unga ko‘ra, endilikda podpolkovnik Mavlyanov Shavkat Tohirovich Chilonzor tumani IIBning yangi boshlig‘i sifatida o‘z faoliyatini olib boradi.

Avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 12 aprel kungi tashrifi davomida Chilonzor tumani hokimi Mirhidoyatov Tohir Sharopovich ishdan olingani, u bilan birga tuman prokurori, tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbari hamda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimini tark etgangani haqida xabar bergandik

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid