Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyada kommunal to‘lovlardan xalos qiluvchi yangi avloddagi tom yaratildi
Malayziyada yaratilishida passiv ekologik dizaynning birdaniga 5 ta texnologiyasi qo‘llangan tom taqdim qilindi. Unda qo‘llangan quyosh panellari, yomg‘ir suvini to‘plash va tozalash panellari, shamol turbinalari uyda yashovchi odamlarning kommunal ehtiyojlarini to‘liq ta'minlaydi. Tabiiy ventilyatsiya va yorug‘lik nurining maksimal tushishi bu uyga murakkab kommunikatsiyalarni o‘tkazish zaruriyatidan xalos qiladi.
Yangi tom noodatiy V-simon konstruksiya evaziga ishlaydi. Birinchidan, u maksimal miqdorda quyosh energiyasini to‘plashga yordam beradi. Ikkinchidan, a'lo darajada yelvizakni ushlab, shamol turbinalarini aylantiradi. Uchinchidan, konstruksiya barcha yomg‘irni oson yig‘adi. To‘rtinchidan, tom to‘liq shaffof bo‘lib, kunning yorug‘ qismida yetarlicha yorug‘lik bilan ta'minlaydi.

Tom yaratuvchilari barcha iqtisodiy hisob-kitoblarni bajarib, tom soatiga 21 ming kilovatt elektr energiya ishlab chiqara olishi va 500 litrdan ko‘proq suv yig‘ishini aniqlashdi. Bu zaxiralar bir oilaning normal hayot kechirishi uchun bemalol yetadi. Quruvchilarga faqatgina uyga kanalizatsiya o‘tkazishgina qoladi. Foydali ish koeffitsiyentini oshirish maqsadida tom mahalliy iqlim sharoitlari, yog‘ingarchilik miqdori va shamol yo‘nalishini hisobga oladi hamda shahar qiyofasiga ideal tarzda uyg‘unlashib ketadi.
Mavzuga oid
12:05 / 30.06.2026
“Ular tirik, 2030 yilda ozod etilishi kutilyapti” - TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
12:58 / 27.06.2026
Malayziyaga sayohatga borgan uch o‘zbekistonlik "aybsiz aybdor" bo‘lib o‘limga hukm qilingandi - sobiq DXX xodimi
11:42 / 02.06.2026
“Malayziya yordamga tayyor” – elchi islomiy moliyani joriy qilish haqida
21:56 / 01.06.2026