Mirziyoyev: Karimov maqbarasini Milliy gvardiya faxriy qorovuli doimiy ravishda qo‘riqlaydi

Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 aprelda joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida Samarqand viloyatiga tashrif buyurgani haqida avval xabar berilgan edi.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifini Hazrati Xizr majmuasida qo‘nim topgan O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat etishdan boshladi hamda bu yerda barpo etish rejalashtirilayotgan maqbara loyihasi bilan tanishib, o‘z fikrlarini bildirdi.
“Hazrati Xizr ziyoratgohida juda katta ilm-fan nurini barpo qilishimiz kerak. Maqbara atrofi ilmga hamohang bo‘lishi lozim. Bu yerga kelgan ziyoratchi, Islomga aloqasi bor kishi o‘ziga bilim olib ketsin. Islom Karimovning O‘zbekiston uchun qilgan mehnatlarini shu yerda aks ettirishimiz kerak. Bu bizning burchimiz. Xorijdan kelganlar o‘zbek madaniyati, hunarmandchiligi, xususan, yog‘och o‘ymakorligining eng go‘zal namunalari bilan tanishsin. Maqbaraning ichida Qur'ondan oyatlar bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, Islom Karimovning ma'naviyat, Islom dini, Vatan haqida aytgan gaplari arab tilida bitilishi lozim”, - degan O‘zbekiston Prezidenti.
Uning aytishicha, mamlakatga kelgan xorijliklar, bu maskanni ziyorat qilar ekan, o‘zbek millatining qadimiy tarixga ega xalq ekaniga iqror bo‘lgan holda tark etishlari uchun sharoit barpo qilish kerak bo‘ladi.
“Bu yerda doimiy ravishda 10 askar navbatchilik qiladi. Milliy gvardiya askarlari”, - deya fikr bildirgan Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Finlandiyada ruslar qurgan qal’a 1 yevroga sotildi
Jahon | 00:36
-
Deputatlar O‘zbekistonning yadroviy zararni qoplash bo‘yicha konvensiyaga qo‘shilishini ma’qulladi
O‘zbekiston | 23:46 / 27.05.2025
-
Yangi sun’iy intellekt modeli yolg‘on gapirish va odamlarni shantaj qilishni o‘rganib oldi
Fan-texnika | 23:35 / 27.05.2025
-
Okeandagi oldi-berdi: Britaniya Chagos orolini nega topshirdi?
Jahon | 23:08 / 27.05.2025
Mavzuga oid

23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi

21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi

18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi

12:02 / 11.05.2025