Jahon | 09:07 / 16.04.2017
10748
2 daqiqa o‘qiladi

Chavusho‘g‘lu: G‘arb Rossiya va Turkiyaning ichki ishlariga muntazam aralashadi 

G‘arb davlatlari Rossiya va Turkiyaning ichki ishlariga muntazam aralashib keladi. Bunday fikrni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘lu Antaliyadagi rusiyzabon jamoat a'zolari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi

Chavusho‘g‘luning aytishicha, ba'zi g‘arb davlatlari "Rossiya va Turkiyaning ichki ishlariga aralashishni yaxshi ko‘radi va bir necha yildan beri davom etayotgan bu "kasali"dan davolana olmayapti". 

"Bu toifaga kiruvchi davlatlar boshqalar ustidan o‘zlarini "xo‘jayin" deb o‘ylaydilar", deb aytdi Chavusho‘g‘lu. Uning aytishicha, Yevropa Anqara va Moskvaning yaqinlashishidan xavotirlanmoqda.

Turk vaziri uchrashuvda ikki davlatning terrorchilik yo‘lida to‘siq qo‘yishga umumiy intilishini ta'kidlab o‘tdi.  

"Terrorchilik insoniyatga qarshi jinoyatdir. Anqara Rossiya bilan terrorchilikka qarshi kurash masalasida hamkorlikni mustahkamlamoqchi. Ikki davlat mutaxassislari avvalgidan ko‘proq uchrashuvlar o‘tkazmoqdalar", deb ta'kidlab o‘tdi vazir.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid