Jahon | 20:00 / 16.04.2017
22991
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada referendum yakunlandi, dastlabki natijalar ma'lum

Turkiyada konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendum uchun ochilgan saylov uchastkalari yopildi. Bu haqda Associated Press xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, referendum natijalari kun oxiriga qadar ma'lum bo‘ladi.

Mamlakatda 55 million saylovchi uchun 170 mingga yaqin saylov uchastkalari ochilgandi.

Referendumning asosiy maqsadi Turkiyada bugungi kunda mavjud bo‘lgan parlament boshqaruvi o‘rnida prezident boshqaruvi tizimini kiritish edi. Buning uchun mamlakat konstitutsiyasiga 18ta o‘zgarish kiritish nazarda tutilgan.

Agar referendumda mamlakat aholisi yangi islohotlarni qo‘llab quvvatlasa, Erdo‘g‘an cheklanmagan vakolatga ega bo‘ladi. Ya'ni, prezident davlat, hukumat va sud tizimi ustidan nazorat qilish huquqiga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, nazariy jihatdan Erdo‘g‘an yana ikki marta prezidentlikka saylanishi mumkin.

Dastlabki natijalarga ko‘ra, konstitutsiyaviy islohotni ma'qullaganlar 62,2 foizni, qarshi chiqqanlar 37,8 foizni tashkil qilgan. Ko‘rish mumkinki, faqat yirik shaharlar va dengiz bo‘yidagi hududlarda "yo‘q" javobini berganlar ustunlik qilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid