Jahon | 22:50 / 16.04.2017
8543
1 daqiqa o‘qiladi
O‘rta yer dengizida qutqaruv kemasi cho‘kmoqda
O‘rta yer dengizida Iuventa nomli nemis qutqaruv kemasi cho‘kmoqda. Bu haqda kema tegishli bo‘lgan nohukumat tashkiloti feysbukda ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, kema bir necha kun davomida muhojirlarni qutqarish bilan shug‘ullangan va bortiga haddan ziyod ko‘p odamni olib yuborgan. "Biz yolg‘iz o‘zimiz vaziyatni eplay olmaymiz. Kema bortiga haddan ko‘p odam ortilgani sababli suza olmayapti", deb yozilgan xabarda.
Kema Italiya qutqaruvchilariga SOS signalini jo‘natgan. Shu bilan birga kema yonida yana 400 muhojir bo‘lgan qayiqlar mavjud. Odamlar hayotiga shuningdek tobora yomonlashib borayotgan ob-havo xavf solmoqda.
Mavzuga oid
15:45 / 17.09.2020
Makron nimani ko‘zlamoqda: piligi pasaymayotgan O‘rta yer dengizi mojarosiga nazar
20:21 / 12.09.2020
Erdo‘g‘an Makronga O‘rta yer dengizi masalasida Turkiya bilan bog‘lanmaslikni maslahat berdi
18:37 / 09.09.2020
Turkiya-Fransiya qarama-qarshiligi: ziddiyat olovi qachon so‘nadi?
15:18 / 31.08.2020