Masalaning orqa fonida nima turibdi?
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron sönggi kunlarda Turkiyaga qarşi çiqişlarini kuçaytirmoqda. Biroq bu keskinlik uzoq yillar davomida muntazam ravişda davom etib kelgan, deb aytiş mumkin. Garçi sönggi paytlarda Şarqiy Örta yer dengizi va Liviya masalalari böyiça kelişmovçiliklar yuzaga kelayotgan bölsa-da, Fransiyaning xalqaro munosabatlarda va ayniqsa, Yevropa Ittifoqida yetakçi davlatga aylaniş istagi masalaning orqa fonida yotibdi.
Boşlanğiç nuqta – Armaniston muammosi
Ikki davlat örtasidagi ziddiyatning boşlanğiç nuqtasi – Armaniston muammosidir. 1980-yillarda Armanistonni ozod qiliş arman maxfiy armiyasi (ASALA) tomonidan turkiyalik diplomatlarning nişonga olinişi va uşbu taşkilotning mamlakatdagi terroristik harakatlariga Fransiya tomonidan köz yumilişi Parij va Anqara örtasida ziddiyat keltirib çiqardi.
Uşbu hujumlar natijasida köplab turk diplomatlari halok bölgan. 2000-yillar boşidan e'tiboran «Arman genotsidi» mavjud ekanini aytgan Fransiya hukumati kelişmovçiliklarning yanada çigallaşişiga sabab böldi. Taxminan 700 ming armani yaşaydigan Fransiya 2019 yil 24 aprelni «Arman genotsidini xotirlaş kuni» sifatida qabul qildi.
Fransiya hukumatining kurdlar muammosiga munosabati
Tarixiy jihatdan ikki davlat örtasidagi yana bir tortişuv mavzusi kurdlar masalasidir. Fransiya Turk Kurdiston işçilar partiyasiga (Turkiyaning şarqiy va janubi-şarqiy qismi, Iroqning şimoli, Suriyaning şimoli-şarqi va Eronning şimoli-ğarbiy qismini qamrab oladigan davlat taşkil etişni maqsad qilgan ayirmaçilarning qurolli taşkiloti – tahr.) öz mamlakatida faoliyat yuritişga ruxsat bergani sababli aloqalar yanada yomonlaşdi.
Kurdlar muammosining keskinlik sifatida paydo böliş jarayoni Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Mitteran (1981-1995) davrida kurdlar harakati oçiq qöllab-quvvatlanişidan boşlangandi.
Bugungi kunda ham Fransiya uşbu taşkilot tarmoqlari bölmiş PYD (Demokratik ittifoq partiyasi – 2003 yilda kurdlar tomonidan Suriyaning şimolida taşkil etilgan siyosiy partiya – tahr.) va YPG (Xalq mudofaasi bölinmalari – Suriyada taşkil etilgan va faoliyat yuritayotgan Kurdlar Oliy qömitasiga aloqador qurolli taşkilot – tahr.) a'zolari bilan uçraşuvlar ötkazmoqda va bu holat ham ikki mamlakat örtasidagi yana bir muammo sifatida alohida ajralib turibdi. Bundan taşqari, Fransiya Turkiyadagi kurdlar masalasi bilan şuğullaniş barobarida Iroq yoki Erondagi kurdlar jamoatiga nisbatan ham siyosat yuritib kelmoqda.

















