Jamiyat | 08:44 / 17.04.2017
16491
2 daqiqa o‘qiladi

Argentinada dinozavrning embrioni saqlanib qolgan tuxumlari topildi

Argentina janubidagi Neuken viloyatida joylashgan Aguada-San-Roke aholi punkti yaqinida cho‘pon dinozavrning yaxshi saqlanib qolgan tuxumlarini topib oldi. Taxminlarcha, tuxum 70 mln yoshda. Olimlar uchun topilgan tuxum katta qiymatga ega, chunki uning ichida embrion qoldiqlari saqlanib qolgan. Bu esa zarur tahlillarni, jumladan teri va tishlar tahlilini amalga oshirishga imkon beradi. Bu haqda Argentinaning Telam nashri xabar bermoqda. 

Mutaxassislarning fikricha, tuxumning yaxshi holda saqlanib qolishiga u topilgan hudud bir vaqtlar botqoqlik bo‘lib, so‘ngra vulqon qatlamlari ostida qolgani sabab bo‘lgan. Bu hududda bu kabi topilmalar kamyob hisoblanmaydi. Avval bu yerlarda dinozavrlar qoldiqlari, uyalari aniqlangan.

Olimlar bu hududni keyingi avlodlarga saqlab qolish maqsadida u yerda paleontologik bog‘ barpo etishmoqchi. Bundan tashqari, bog‘ sayyohlar orasida ommalashib, yangi ishchi o‘rinlari yaratishga omil bo‘lishi mumkin.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid