Jahon | 23:01 / 17.04.2017
19018
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning rafiqasi eriga madhiya ijrosi vaqtida o‘zini qanday tutish kerakligini eslatib qo‘ydi

AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh madhiyasi yangrayotgan vaqtda qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib turishni yoddan chiqarib qo‘ydi, biroq uning rafiqasi Melanya unga bu haqda eslatdi, deb xabar bermoqda CNN telekanali. 

Voqea Oq uyda pasxani nishonlash vaqtida yuz bergan.

AQSh madhiyasi yangray boshlaganda Melanya Tramp o‘g‘li Berron bilan qo‘llarini ko‘ksilariga qo‘yib turganlar, biroq Donald Tramp bunday qilishni unutib qo‘ygan.

Shunda AQShning birinchi xonimi turmush o‘rtog‘iga madhiya vaqtida o‘zini qanday tutish kerakligini chap qo‘li bilan "ohista" bildirib qo‘ygan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid