Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston buyurtma qilgan Talgo-250 tezyurar poyezdi Sankt-Peterburg portiga keltirildi
UCL Holding tarkibiga kiruvchi "Morskoy port Sankt-Peterburg" kompaniyasi "O‘zbekiston temir yo‘llari" uchun atalgan Talgo-250 tezyurar poyezdini qabul qilib oldi. Ispaniyada ishlab chiqariladigan poyezd Bilbao shahridan keltirildi. Bu haqda xolding saytida ma'lum qilindi.
Poyezd Finnlines – Finnwaw liniyasi paromi bilan 2-port terminaliga yetkazilgan. Poyezd parom-prichal-rels sxemasi bo‘yicha tushirilgan.
Bu Talgo-250 poyezdi 67 tonnalik ikkita lokomotiv va 14 tonnadan 18 tonnagacha bo‘lgan 11 ta vagondan iborat. Poyezdning uzunligi 183 metrni, og‘irligi 350 tonnani tashkil qiladi. Vagonlardan 6 tasi ekonom sinfga, 2 tasi birinchi sinfga, 2 tasi VIP sinfga tegishli va bitta vagon-bistro bor.
Talgo-250 bojxona tartibotidan o‘tgach, Metallostroy stansiyasi deposiga tekshiruvdan o‘tish va qurilmalarni sozlash uchun olib ketilgan. Sankt-Peterburgdan poyezd "RJD" teplovozi yordamida O‘zbekistonga yetkaziladi.
"O‘zbekiston temir yo‘llari" 5 yildan ko‘proq vaqtdan beri Talgo kompaniyasining 4 ta bosh va 18 ta yo‘lovchi vagonini ekspluatatsiya qilib kelmoqda. Bu poyezdlar qadimiy shahar nomiga "Afrosiyob" deb atalgan va Toshkent-Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Yangi poyezdlar Toshkent-Buxoro yuqori tezlikdagi liniyasida harakatlanadi. Poyezd qatnovi boshlangandan keyin yo‘lovchilar va yuklarni tashish vaqti taxminan 2 soatga, ekspluatatsion xarajatlar 30 foizga qisqaradi.
Mavzuga oid
08:25 / 27.02.2026
Xayrulla Ibodullayevga «Jasorat» medali tantanali topshirildi
13:41 / 25.02.2026
Peterburg gubernatori Xayrullo Ibodullayevni ko‘krak nishoni bilan mukofotladi
21:11 / 23.02.2026
Rossiyada 7-qavatdan tushib ketgan bolaning hayotini saqlab qolgan o‘zbekistonlik erkak taqdirlandi
02:36 / 23.02.2026