19:17 / 17.04.2017
4281

VW AQShdagi avtomobillari muammosini 50 foizga hal qildi

Germaniyaning Volkswagen kompaniyasi dizel mojarosidan so‘ng, AQShdagi dizel avtomobillarining teng yarmini xarid qilgan va ta'mirlash ishlarini bajargan. Bu salkam og‘ir yonilg‘ida yuruvchi va 2 litrlik motorlar bilan jihozlangaan 244 ming dona avtomobildir. Bu haqda Automotive News xabar qilmoqda.

Tarixdagi eng yirik VW xizmat ko‘rsatish kampaniyasi yarim yil muqaddam boshlangan edi. Kompaniya mijozlariga avtomobilni qaytarib sotish yoki bepul ta'mirlashdan birini tanlash taklif etildi. Bu ikki holatda ham mijozlarga tovon puli berilardi. 

VW rahbariyati va AQSh hukumati 2016 yil bahorida ushbu jarayon tartibi borasida kelishib olgan edi. Mamlakatdagi jami muammoli avtomobillar soni yarim million ekani aytiladi. Volkswagen 2019 yilgacha jami mashinalarining kamida 85 foizini qaytarib sotib olishi yoki ta'mirlab berishi shart. Aks holda, qo‘shimcha jarimalar solinadi. 

Umuman, kompaniya AQShdagi muammoni hal etish uchun 25 mlrd dollar sarflashi mumkin. Dunyo bo‘yicha dizel muammosiga aloqador mashinalar soni esa 11 mln atrofida. 

Top