Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beruniy tumanida hokimning bir o‘rinbosari bo‘shatilib, 3 nafari yangi tayinlandi
Beruniy tumanida xalq deputatlari tuman Kengashining 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kruz.uz xabar berdi.
Sessiyada Bayjanov Hamid Rozimovichni tuman hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod qilish haqidagi qarori tasdiqlandi.

Shundan so‘ng, Matkarimov Ilhom Ismailovichni Beruniy tumani hokimining iqtisodiy va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Yuldashev Gulimbay Abdullayevichni tuman hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, Xudaybergenov Azad Sabirovichni tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlash haqidagi qarori qabul qilindi.
Mavzuga oid
09:00 / 28.06.2026
Korrupsiyaga qarshi yangi qonun va tanqidlar ostidagi hokimlar - hafta dayjesti
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
10:08 / 14.03.2026
Qashqadaryodagi “Santa-Barbara”: adolat izlagan dehqonning 7 yillik sarguzashtlari
18:31 / 26.01.2026