Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Force India» jamoasi xo‘jayini Vidjay Mallya Buyuk Britaniyada qo‘lga olindi
Formula-1 musobaqasida muntazam qatnashib kelayotgan «Force India» jamoasi egasi, hindistonlik tadbirkor Vidjay Mallya Skotlend-Yard tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Times of India xabar qilmoqda. Ayni vaqtda uni Hindistonga ekstraditsiya qilish imkoniyati ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, tadbirkor London sudi savollariga javob berishi kerak.
Hindiston banklari sud orqali Mallyadan 1,4 mlrd dollar mablag‘larini undirishga harakat qilishmoqda. Banklarning uqdirishlaricha, tadbirkorga tegishli Kingfishe aviakompaniyasi shuncha miqdorda qarzdor. Shundan so‘ng, Hindiston politsiyasi tadbirkorni qidiruvga berdi.
2017 yil fevralida Markaziy tergov byurosi (CBI) «Force India» xo‘jayinini mamlakatdan 2,54 mlrd rupiy (39 332 000 mln dollar) hozirda mavjud bo‘lmagan aviakompaniyaga tegishli mablag‘larni olib chiqqanlikda ayblagan edi. Byuro Buyuk Britaniyadan tadbirkor ekstraditsiyasini so‘ragan edi.
London sudi Mallyani ekstradditsiya qilish uning inson huquqlariga zid emasligi borasida xulosa chiqarishi kerak.
Mavzuga oid
18:59 / 22.06.2026
Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
18:39 / 16.06.2026