21:51 / 18.04.2017
5429

"Makdonalds" qaylasi 15 ming dollarga sotildi

Buyuk Britaniyaning Ipsvich shahrida yashovchi kimsa eBay onlayn-auksionida "Makdonalds"da tayyorlangan noyob qaylani 14,7 ming dollarga sotdi. Bu haqda The Mirror nashri xabar bermoqda.   

Ma'lum qilinishicha, noma'lum xaridor 1998 yilda "Mulan" multfilmi premerasi uchun "Makdonalds" tomondan cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan noyob sichuan qaylasini sotib olgan. Keyin ushbu qayla "Makdonalds" taomnomalaridan olib tashlangan. 

Sotuvchining aytishicha, u qayla solingan idishni eski avtomobil salonini tozalayotganda topib olgan. "Men uni 20 yillik qaylani haqiqatan ham tanovul qilishni istayotgan biror kimsa sotib olishiga umid qilaman. Men uni kolleksionerga sotishni istamayman", deb aytilgan qaylaga auksionda berilgan ta'rifda.

Ta'kidlanishicha,  qayla "Rik i Morti" multserialining 3-mavsumi 1-seriyasi chiqqandan keyin ommalashib ketgan. Multfilmdagi qahramonlardan biri tomoshabinlarga "Makdonalds"ning sichuan qaylasiga mukkasidan ketgani haqida gapirib beradi. 

Ushbu multfilm muxlislarning noyob qayla ortidan "ov uyushtirishlariga" yetarlilik qilgan va ular qaylani sotuvga qaytarish iltimosi bilan petitsiya ham uyushtirishgan.

Aprel oyida eBay’ da "Makdonalds"ning shu qaylasi surati sotilishi haqida e'lon paydo bo‘lgan. Surat uchun 100 dollar so‘ralgan. Biroq foydalanuvchilar suratga  narxlarni faol oshira boshlashgan va oxir-oqibat uning narxi 76 ming dollardan oshib ketgandi.

Top