Paramotorlar (orqada örnatilgan dvigatelda harakatlanuvçi paraplanlar) haqida roliklar suratga oluvçi amerikalik bloger Taker Gott "Makdonalds" restoraniga özining uçiş qurilmasida taşrif buyurdi. U motoparaplanida 10 milça (16 km) masofani uçib ötib, söngra tamaddixona oldiga qönib, buyurtma bergan.
Gott paramotordan bir neça yildan beri foydalanib keladi. Uning aytişiça, odamlar kundalik yumuşlar: dökonga, işga yoki maktabga boriş uçun uşbu qurilmadan foydalaniş qançalik önğayligi borasida qiziqadilar. Amerikalikning ta'kidlaşiça, bu amaliy jihatdan unça ham qulay emas, biroq qöniş uçun yaxşi maydonça bölganda goh-gohida bunday parvozlar amalga oşirib tursa böladi.
Blogerning baxtiga mahalliy aholi va "Makdonalds"ga kelganlar Gottni körganlaridan keyin politsiya çaqirtirib ötirişmagan. U burger xarid qilib, qanday uçib kelgan bölsa, şunday uçib ketgan. Blogerning aytişiça, u burgerni havodayoq "paqqos tuşirgan".
Gott uçar qurilmasidan nafaqat bunday yumuşlarni amalga bajarişda foydalanadi. U misol uçun, paramotordan çanğida uçişda ham foydalangan. Blogerning ta'kidlaşiça, uning ustidan ba'zida AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasiga şikoyat qilib turişadi.
2017 yil may oyida Avstraliyada vertolyot uçuvçisi "Makdonalds" oldida qöngan. Guvohlar kimgadir yordam kerak bölib qolgan bölsa kerak deb öylaşgan, biroq uçuvçi tamaddixonaga kirib, yegulik xarid qilib, heç narsa bölmagandek yana uçib ketgan. Şundan keyin mamlakat fuqarolik aviatsiyasi parvozlari xavfsizligi boşqarmasi uşbu hodisani tergov qila boşlagan, çunki Avstraliyada biror hududga uning egasining ruxsatisiz qöniş taqiqlangan.












