Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Coca-Cola Rossiyadagi biznesini to‘xtatganini e’lon qildi, «Makdonalds» barcha restoranlarini yopadi
Coca-Cola kompaniyasi Ukrainadagi voqealar fonida Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatayotganini e’lon qildi.
Kompaniyaning press-relizida hech qanday tafsilotlar yo‘q. Faqat Coca-Cola kompaniyasiga tegishli zavodlar yopiladimi yoki kompaniya Rossiyada ichimliklar sotishni rasman to‘xtatadimi, hozircha aniq emas.
Coca-Cola ichimliklari rasmiy ravishda Shimoliy Koreya va Kubadan tashqari dunyoning barcha mamlakatlarida sotiladi.
PepsiCo ham Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatganini e’lon qildi. Kompaniya o‘zining gazlangan ichimliklarini Rossiyada sotishni to‘xtatmoqda, ammo sut, chaqaloqlar va bolalar ovqatlari kabi zarur mahsulotlarni sotishda davom etadi.
O‘z navbatida, «Makdonalds» Rossiyadagi barcha 850 ta restoranini yopadi. Bu haqda kompaniya bayonotiga asoslanib, Bloomberg xabar bermoqda.
Shu bilan birga, «Makdonalds» hozircha «brend rivojlanishiga o‘z qalbi va yuragini baxshida qilgan» 62 ming rossiyalik xodimga maosh to‘lashda davom etishini ta’kidladi.
Avvalroq, 8 mart kuni KFC brendining egasi Yum! Brands kompaniyasi Rossiyada rivojlanish dasturlarini to‘xtatayotganini e’lon qildi. Restoranlar yopilishi haqida hech qanday xabar yo‘q.
Burger King bundan oldin Rossiyada ishlashda davom etishini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10 / 08.07.2026