AQŞning Indiana ştatidagi Evansvill şahrida joylaşgan «Makdonalds»da tarmoqda 44 yil davomida işlagan xodim şarafiga bayram uyuştirildi.

94 yoşli Loreyn Maurer tarmoqqa 1973 yilda işga kelgan bölib, öşanda uyda ötiriş uçun hali juda ham yoş ekani haqida öylagan.

Tez ovqatlaniş şoxobçasi egalarining sözlariga köra, bir haftada ikki marta işga çiquvçi Loreynda köplab doimiy mijozlar bölib, ular atayin ayol bilan körişiş uçun kelişadi. Keksa yoşli xodim nafaqat ularni, balki ularning farzandlari hamda nabiralari ham yaxşi taniydi.

Maurerning özida esa törtta farzand, oltita nabira va yettita evara bor, biroq uning sözlariga köra, öz xaridorlari bilan munosabatlar juda muhim, sababi ular ayol 1980 yilda turmuş örtoğini yöqotganidan söng uni ança qöllab-quvvatlaşgan.

“Mijozlarim mening hayotimda katta örin tutadi. Ular bilan köp sayohat qildim. Ular şunçaki xaridorlar emas, balki döstlardir”, - deydi Loreyn Maurer.

Loreynning özi ham fastfudni juda yaxşi köradi. Uning «Makdonalds»dagi eng yoqtirgan taomi – baliqli sendviç.

Xabarlarga köra, ayol har qişda nafaqaga çiqiş haqida öylaydi, biroq baribir işidan voz keça olmaydi.