Jahon | 07:51 / 18.04.2017
4871
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp va Erdo‘g‘an Asad Idlibdagi kimyoviy hujum uchun javob berishi kerakligini aytishdi

Foto:RIA

AQSh va Turkiya prezidentlari Donald Tramp va Rajab Toyyib Erdo‘g‘an telefon orqali muloqotda Suriya prezidenti Bashar Asadni Idlib viloyatida kimyoviy qurol qo‘llanishi bilan bog‘liq voqea uchun javobgarlikka tortish zarurligini aytishdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bermoqda.  

Tramp suhbat chog‘ida kimyoviy qurol qo‘llanishiga javoban AQShning amalga oshirgan harakatlarini qo‘llab-quvvatlagani uchun Erdo‘g‘anga minnatdorchilik bildirdi.

Siyosatchilar shuningdek IShIDga qarshi kurash masalalari va "o‘z maqsadiga erishish uchun terrorchilikdan foydalanadigan barcha guruhlarga qarshi" hamkorlikni muhokama qilishgan.  

Avvalroq Asad kiyoviy hujum haqidagi xabarni "100 foiz soxtalashtirish" deb atagandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid