Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi vaqtida investitsion hamkorlik bo‘yicha yangi loyihalar imzolanishi kutilmoqda
Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi Xalqaro biznes-markazida O‘zbek-xitoy biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda. Forum davomida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov ham chiqish qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga joriy yilning may oyida rejalashtirilayotgan tashrifi investitsion hamkorlik bo‘yicha yangi loyihalar bilan to‘ldirilishi mumkin.
Bosh vazir o‘rinbosarining aytishicha, XXR O‘zbekistonning eng yirik savdo sheriklaridan biri hamda mamlakatga sarmoya kirituvchi eng yirik investorlardandir.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda ikki davlat hamkorligi natijasida o‘nlab strategik ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirildi. Ular orasida – Markaziy Osiyo-XXR gaz quvurining to‘rt tarmog‘ini qurish, Angren-Pop temir yo‘l linitsiyasida 19 kilometrlik tunnelni qurish, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi, Qo‘ng‘irot soda zavodi bor.


Mavzuga oid
23:16 / 17.01.2026
Venesuela ustidan nazorat Trampni “neft qiroli”ga aylantira oladimi?
11:24 / 17.01.2026
Kanada Xitoy elektromobillariga bojlarni keskin pasaytiradi
13:52 / 15.01.2026
Xitoyning Rossiya bilan savdo hajmi 5 yilda ilk bor qisqardi
12:13 / 14.01.2026