Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya parlamenti muddatdan avval o‘tkaziladigan saylovlar sanasini tasdiqladi
Buyuk Britaniya parlamenti mamlakatda muddatidan avval parlament saylovlar 8 iyun kuni bo‘lib o‘tishini tasdiqladi. Bu haqda The Guardian gazetasi xabar bergan.
Saylovlarning o‘tkazilishi uchun 522 deputat ovoz bergan, 13 parlamentariy qarshi chiqqan.
Bundan avval Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey 8 iyun kuni mamlakat parlamentiga muddatidan avvalgi saylovlar bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qilgan edi. Avvaliga saylovni 2020 yili o‘tkazish reja qilingandi. Hukumat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Buyuk Britaniyaga barqaror va kuchli hukumat kerak.
Bu saylovni o‘tkazish zarurati Yevroittifoq bilan Brexit'ga doir muzokaralarda muxolifat partiyalar tomonidan mamlakat pozitsiyasining zaiflashuv xavfi bilan bog‘liq.
3 may kuni Buyuk Britaniya parlamenti tarqatiladi.
Mavzuga oid
19:50 / 24.07.2019
Tereza Mey iste'foga chiqdi
09:30 / 11.06.2019
Tereza Mey: davlat rahbarlari zamonaviy qullikka «yo‘q» deya olishi kerak
14:30 / 08.06.2019
London ko‘z yoshlarga ishonmadi. Britaniya bosh vaziri nega iste'foga chiqdi?
09:00 / 08.06.2019