Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey Konservatorlar partiyasi yetakçisi lavozimidan ketdi va bu haqda partiya rahbariyatini xabardor qildi.

Mey yangi boş vazir saylangunça öz lavozimida qoladi. Ta'kidlanişiça, yangi boş vazir ismi iyulning ikkinçi yarmida ma'lum bölişi kutilmoqda. 

“Tereza Mey partiya yetakçisi lavozimidan ketişini ma'lum qilgandan keyin qömita rahbariyati partiya a'zolarini partiyaning yangi yetakçisi saylovlariga nomzodlarini qöyişga taklif qiladi. Nomzodlarni ilgari suriş duşanba, 10 iyun soat 17:00gaça davom etadi. Uşbu jarayon yakunlanişi bilanoq nomzodlar röyxati e'lon qilinadi. Mey yangi yetakçi e'lon qilingunga qadar partiya yetakçisi vazifasini bajarib turadi”, deyilgan qömita bayonotida.

Mey iste'foga ketişini may oxirida e'lon qilgan. Uni buni qilişga partiyadoşlari, jumladan vazirlar mahkamasi a'zolari majbur qilişgan. Ular Mey Yevropa Ittifoqi bilan Brexit böyiça taklif qilgan yangi kelişuvdan norozi bölişgan.

Partiya yetakçisi lavozimiga 10 dan köproq nomzod da'vogarlik qilmoqda. Ğalaba qozonişga eng yuqori imkoniyatlarga sobiq taşqi işlar vaziri Boris Jonson, amaldagi taşqi işlar vaziri Jyeremi Xant, Brexit masalalari böyiça sobiq vazir Dominik Raab va atrof-muhit masalalari böyiça vazir Maykl Gouv ega.