7 iyun kuni Britaniya boş vaziri Tereza Mey rasman öz lavozimidan ketdi. Yevropa Ittifoqidan çiqiş ğoyasi bilan hukumat tepasiga kelgan va qirollik fuqarolariga «xavfsiz va erkin Britaniya»ni va'da qilgan Mey xonim 3 yil davomida mamlakat siyosatida aytarli özgariş qila olmadi. Uning davrida asosiy vazifasi bölgan «Brekzit» ham amalga oşmadi. Yana köplab omillar Britaniyadek qudratli imperiya boş siyosatçisining inqiroziga olib keldi.

Salobatsizlik...

Siyosatçida eng avvalo salobat bölişi kerak. Jiddiylik va sovuqqon çiqarilgan qarorlar uning ayblarini ham yaşirişi mumkin. Masalan, Donald Tramp va'da berganidek AQŞda soliqlarni kamaytirdi va ularni soddalaştirdi, katta davlatlar bilan aql bovar qilmas miqdordagi savdo şartnomalari imzolanmoqda. AQŞ biznesi öz yölida bir tekis davom etmoqda. Ammo Trampning özini tutişi uning qilayotgan işlarini ham soyada qoldirmoqda.

Tramp köp hollarda haddidan oşib ketayotgan bölsa, Tereza Meyda boşqaça holat kuzatildi. U yetarli darajada qat'iyatli bölmadi va qöpol qilib aytganda, odamlarni uni hurmat qilişga majburlay olmadi. Uning davrida Britaniya köplab katta-kiçik mojarolarga öralaşib qoldi. Masalan, «Skripal işi»ni olsak. Britaniya razvedkaçilari bu işni rossiyalik agentlar qilganini har qanaqasiga isbotlab berişdi. Mey xonim esa öta yumşoq çiqişlar bilan çeklandi. Boşqaça qilib aytganda, ayolligiga bordi...

Konservatorlar özlarining keskinliklari bilan ajralib turişadi. Meyda ana şunday töporilik yetişmadi. Britaniya hududi 244 ming kv.km bölgan (dunyoda 78-örinda), Atlantika okeanida joylaşgan oddiy, ahamiyatsiz davlat emaski, uning fuqarolari va ayniqsa qirollikning dunyodagi eng qudratli imperiya ekaniga işonadigan siyosatçilari Meyning qat'iyatsiz harakatlariga bardoş berişsa.

Britaniyaliklar özlarini dunyoning asosiy kuçi deb hisoblaşga örganişgan. Tereza Mey vaqtida esa ular mana şuni his qila olişmadi. Uning Keniyada afrikaliklar bilan yoki konservatorlar yiğilişida raqsga tuşişi «oğir ingliz siyosatçilari»ning ğazabiga sabab bölgani aniq. Aytgança, Mey konservatorlar yiğilişiga ABBA guruhining maşhur «Dancing Queen» (raqsga tuşayotgan qiroliça) qöşiği bilan çiqib kelgandi. Britaniyadek qirollik boş vazirini dunyo siyosatçilari troll qilişgaça borişdi.

Masalan Yevrokomissiya raisi Jan Klod Yunker çiqişlaridan birida Mey kabi raqsga tuşib, qaysidir ma'noda uni mazax qilgandi. Britaniya tomoni Yunkerni bu işi uçun ayblaganda, uning tarafdorlari tvitterda şunday javob berişdi: «Hayotimizni musiqa va qöşiqsiz tasavvur qilib böladimi?». Eng qiziği, bu jumla Mey raqsga tuşgan «Dancing Queen» qöşiğining muallifi ABBA guruhining boşqa bir qöşiğidan olingan. Darvoqe, Meyning «fleşmoblari» orasida qiroliçaga ta'zim qilgani ham yodingizda bölsa kerak. Boş vazirning bu harakati ham ijtimoiy tarmoqlarda kulgiga sabab böldi.