Erkaklar, ayollar va bolalar öz irodasiga qarşi uşlab turilganda, heç qaysi yetakçi öz nomiga loyiq bölolmaydi, degan bayonot bilan çiqmoqçi Buyuk Britaniya boş vaziri Tereza Mey. Bu haqda Bi-bi-si xabar tarqatmoqda.
Mey xonim Afrika qişloq xöjaligida mehnatga majburlanayotgan bolalar huquqini himoya qiliş uçun 10 million funt-sterling ajratişini ma'lum qildi. Şuningdek, u yirik biznes sohiblarini majburiy mehnat evaziga yetiştirilgan mahsulotlardan voz keçişga çaqirmoqda.
Öz vakolatini muddatidan avval yakunlab, joriy yil iyulda lavozimini tark etişga ahd qilgan Tereza Mey BMTning Xalqaro mehnat taşkiloti tribunasida keskin nutq qilişi kutilmoqda. Uning ma'ruza matnida «zamonaviy qullik şakli egnimizdagi libos, yegulik va tölayotgan xizmatlarimizda yaşirinmoqda» kabi jumlalar mavjud, deya qayd etgan Bi-bi-si.
Ma'lumot uçun, zamonaviy qullikning eng tarqalgan şakllaridan biri — erkin şaxsni öz istagiga qarşi mehnatga majburlaş.

















