Light | 13:43 / 19.04.2017
68356
3 daqiqa o‘qiladi

"Dunyo taomlari" milliy restorani - bejirim dizayn, betakror ta'm va yoqimli taassurot 

O‘zbek xalqi hamisha mazali taomlarning shinavandasi bo‘lib kelgan. Hattoki, xonadonimizga tashrif buyurgan mehmonlar chiroyli dasturxon tuzab, milliy taomlar tortish – azaliy odatlardan biri sanaladi. 

Palov, chuchvara, halim, dimlama – kundalik hayotda tanovul qilinadigan odatiy taomlardir. Biroq ularni maromiga yetkazib tayyorlash har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. 

 

“Dunyo taomlari” – oilaviy maskan bo‘lib, bu yerda siz milliy oshxonamizning betakror ta'miga baho berasiz. Restoran joriy yilning Navro‘z ayyomida mehmonlar uchun o‘z eshiklarini ochdi. Shu qisqa fursat ichida esa ko‘plab mijozlarning ko‘nglidan joy olishga ulgurdi. 

Dastavval, oshxonaning bejirim dizayni mehmonlar e'tiborini tortadi. Milliylik nafasi ufurib turgan interer hamda O‘zbekistonning eng mashhur shaharlari aks ettirilgan suratlar ham o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. 

Menyudagi ro‘yxatning rang-barangligi ham “Dunyo taomlari” oshxonasining boshqalardan ajralib turuvchi xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bu yerda siz milliy, yevropa, uyg‘ur, mangal, baliq taomlari, shuningdek, salatlar, gazaklar, istalgan turdagi ichimlik va shirinliklardan bahramand bo‘lishingiz mumkin. 

Bosh oshpaz tomonidan tayyorlangan lazzatli steyklar har qanday ta'bi nozik xo‘randani ham o‘ziga rom eta oladi. Bu yerda barcha mahoratli, o‘z ishiga mehr qo‘ygan oshpazlar, xodimlar faoliyat olib boradi. 

Korporativ bayramlar yoki tug‘ilgan kunlarni nishonlashga mo‘ljallangan xona ham mavjud bo‘lib, bu yerda mehmonlar shovqin-surondan holi bo‘lgan holda vaqtni chog‘ o‘tkazishlari mumkin.

“Dunyo taomlari” milliy restoranining yana bir qulay jihati – maxsus bolalar maydonchasidir. Musaffolik timsoli bo‘lgan moviy rangli maydonchada bolajonlarimiz sevimli o‘yinlarni o‘ynab, vaqtni maroqli o‘tkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 

Shuningdek, bu oshxonadagi taomlarning narxlari hamyonbopligi bilan ham mehmonlarni xursand qilishi aniq. 

Qadrdon sinfdoshlar bilan uchrashuv belgiladingizmi yoki oilaviy kechki ovqatni biror bir so‘lim go‘shada tanovul qilmoqchimiz – u holda manzilni yozib oling:

Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv 1, Gulsara ko‘chasi 15.
Mo‘ljal:
Dunyo restorani
Telefon: +998 95 199 00 20
Facebook: dunyotaomlari

Milliy restoran har kuni 10:00dan tunggi 22:00gacha ishlaydi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid