Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi ishga tushdi
Yaqinda Taxtako‘pir tumanida yangi korxona o‘z ish faoliyatini boshladi, deb xabar qilmoqda Kruz.uz.
Yangidan ishga tushgan “Kegeyli ekstrakt” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasining direktori o‘rinbosari Temirxan Xojalepesov ma'lum qilishicha, korxona tuman hududida joylashgan «Quo‘anishjarma» irrigatsiya tarmoqlari boshqarmasining balansida bo‘lgan, oldin qarovsiz qolgan bo‘sh binoni 420 ming AQSh dollari investitsiya kiritish yo‘li bilan nol bahoda sotib olib, u yerda ish faoliyatini boshlagan.
“Qizil miyani qayta ishlashga kerak bo‘lgan zamonaviy uskunlar o‘rnatilib bo‘lgandan so‘ng mart oyidan ishni boshlab, qizil miya ekstraktini Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilishni boshladik. Yangi texnologiyalarni va mahsulotlar sifatini nazorat qilishda mahalliy yigitlarga xitoylik Xu Yongpeng va Ni Suitao o‘z tajribalarini o‘rgatib kelmoqda”, - dedi direktor o‘rinbosari.
Ma'lum bo‘lishicha, dastlab qizil miyani faqat fermerlardan sotib olmasdan, uni korxona ishchilari 2 ming gektar maydonga ekib yetishtirishni rejalashtirishgan. Buning uchun tuman hokimligidan yer so‘rab murojaat qilingan. Hozirgi vaqtda 50 odamni ish bilan ta'minlagan mazkur korxonada hom ashyoni qayta ishlash ishlari qizg‘in olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:45 / 07.04.2026
O‘zbekistonda “spin-off” korxonalari tashkil etiladi
08:54 / 14.03.2026
Hududlar kesimida korxona va tashkilotlar soni ochiqlandi
14:43 / 09.03.2026
O‘zbekiston sanoati: qaysi yo‘nalishlarda korxonalar ko‘proq?
12:36 / 19.02.2026