Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentga 30 dan ortiq oliy ta'lim muassasasi vakillari tashrif buyuradi
21-22 aprel kunlari Toshkent shahridagi International Hotel mehmonxonasida "Ta'lim va kasb - 2017" xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda mamlakatimiz abituriyentlari dunyoning turli oliy ta'lim muassasalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishadi.
"Ta'lim va kasb - 2017" xalqaro ko‘rgazmasida Rossiya, Belarus, Shveytsariya, Janubiy Koreya va Singapurdan 30 dan ziyod universitet vakillari qatnashadi. Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti, I.M.Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti, BHMS Shveytsariya mehmonxona boshqaruvi maktabi, Janubiy Koreyaning Solbridge Business School maktabi, Malayziyaning Asia Pacific universiteti shular jumlasidandir.
Mazkur ko‘rgazmada abituriyentlar va ularning ota-onalari OTMlarga kirish imkoniyatlari, fakultetlar, mutaxassisliklar, o‘qish muddati va qiymati haqida to‘g‘ridan-to‘g‘ri universitet vakillaridan ma'lumot olishlari mumkin bo‘ladi.
Bunday ko‘rgazmalardan maqsad oliy ta'lim sohasida tajriba almashish, shuningdek yetakchi mahalliy va xorij o‘quv muassasalari bilan do‘stona munosabat o‘rnatishdir.
Mavzuga oid
14:23
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026