O‘zbekistonda bu yil qancha uzum yetishtirilishi aytildi

Foto: O‘zA
Milliy matbuot markazida “O‘zvinosanoatxolding” xolding kompaniyasi matbuot anjumani o‘tkazdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
O‘zbekistonda 2016 yilda 1,7 million tonna hosil olingan bo‘lsa, joriy yilda 1,9 million tonna uzum yetishtirish mo‘ljallanmoqda.
– Tizimdagi oltmishdan ortiq korxona fermer xo‘jaliklarida yetishtirilgan uzumni qayta ishlash bilan birga sanoatbop navli tokzorlar barpo etilmoqda, – deydi “O‘zvinosanoatxolding” xolding kompaniyasining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Adiba Ahmadjonova. – 2014 yilda 2 ming gektar tokzor tashkil qilingan bo‘lsa, bugungi kunda ushbu maydonlar 2 baravar ortdi. Joriy yilda yana 1 ming 400 gektarda tokzor barpo etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 17 dekabrdagi Respublikada uzum yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini birlashtirish, tokzorlar samaradorligini oshirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish, eksport va qayta ishlash xajmlarini ko‘paytirish uchun uzumchilikka ixtisoslashgan agrofirmalar tashkil etish to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida uzumchilikka ixtisoslashgan qirq ikkita agrofirma faoliyat ko‘rsatmoqda.
Agrofirmalar fermerlarga hosilni sifatli saqlashda ko‘maklashmoqda. Buning uchun agrofirmalarda muzlatgich kameralari va jihozlangan omborlar mavjud. Agrofirmalar o‘zlariga biriktirilgan tumanlardagi fermer xo‘jaliklarida agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatlarida o‘tkazish maqsadida qishloq xo‘jalik texnikasi xarid qilishni ko‘paytirmoqda. Hozirgacha joriy yilgi uzum hosili uchun 30 foiz bo‘nak puli to‘lab berildi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tutanxamon xazinasining bir qismi yangi muzeyga ko‘chirildi
Jahon | 02:18
-
Meksika Google korporatsiyasini sudga berdi
Jahon | 00:27
-
“Harvard bu raundni yutdi”: universitet AQSh ta’lim vazirining xatolarga to‘la xatini tekshirib, o‘ziga qaytarib yubordi
Jahon | 00:01
-
Britaniyada uchuvchi o‘ng va chapni adashtirib yuborgani uchun samolyotda yong‘in chiqdi
Jahon | 23:57 / 09.05.2025
Mavzuga oid

11:46 / 25.03.2025
Yangi mahsulotlarni buzadigan kutilmagan omil ma’lum qilindi

17:05 / 30.01.2025
O‘zbekiston meva va sabzavotlarining Sibirga importi hajmi oshiriladi

17:36 / 16.12.2024
Qishga saqlangan uzumlar

12:25 / 26.11.2024