Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akram Azimov hibsga olindi
Sankt-Peterburg metrosidagi terakt tashkilotchilaridan biri sifatida qo‘lga olingan Akram Azimov ikki marta Turkiyaga safar qilgan. Bu haqda Moskva Basman sudida taqdim etilgan tergov materiallari guvohlik beradi.
«Pasportdagi ma'lumotlarga ko‘ra, gumonlanuvchi Turkiyaga ikki marta borgan — 2016 yilning dekabrida va 2017 martida», — deya sudyaning so‘zlarini keltirgan RIA Novosti.
Bundan oldinroq Azimov teraktga aloqadorligini rad etgani aytilgandi.
FSB Akram Azimovni terakt tayyorlanishi uchun foydalanilgan mablag‘larni yetkazib berganlikda gumon qilib qo‘lga olgandi.
U tergov jarayonida o‘ziga qo‘yilgan ayblarni tan olgan.
Tergov qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, Akbarjon Jalilovga xalqaro terrorchi tashkilotlardan biri orqali mablag‘ yetkazib bergan.
«Tergov taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, Azimov Jalilov bilan aloqada bo‘lgan va unga pul yetkazib bergan. U pul mablag‘larini Turkiyadagi xalqaro terrorchi tashkilotdan olgan», — deya sudya Yelena Lenskayaning Azimovni hibsga olish haqidagi qaroridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.
Qayd etilishicha, Azimov «hujjatlarni soxtalashtirish» bilan shug‘ullangan. Bu orqali u terrorchilarning Rossiyaga bemalol kirib kelishini ta'minlagan.
18 aprel kuni Akram Azimovning ukasi Abror Azimov hibsga olingandi.
FSB tomoshasi. Azimov O‘shda qo‘lga olingan, keyin Moskvada boshqatdan qo‘lga olingan
Mavzuga oid
13:27 / 14.10.2025
Toshkentdan Peterburgga yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareys yo‘lga qo‘yiladi
12:49 / 11.10.2025
Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar voyaga yetmagan bola O‘zbekistonga qaytarildi
18:58 / 27.07.2025
Putin flot kunida Peterburgga bordi. Bu vaqtda Leningrad oblastiga dronlar hujum qildi
10:37 / 24.03.2025