Jahon | 19:32 / 20.04.2017
19943
2 daqiqa o‘qiladi

Azimovning akasi unga ko‘rsatma berganini tan oldi

Foto: © RIA Novosti

Peterburg metrosidagi portlash tashkilotchisi sifatida qo‘lga olingan Abror Azimovning akasi Akram Azimov ukasiga ko‘rsatma bergan.

«Tergov vaqtida Azimov ukasi bilan birgalikda portlashga olib keluvchi harakatlarni sodir etganini tan oldi. U ukasiga ko‘rsatma bergan»,— deya Moskva sudidagi o‘qilgan tergov bayonnomasidan iqtibos keltirgan «RIA Novosti». Shu bilan birga Akram Azimov teraktga aloqadorligini rad etgan.

Endilikda u hibsga olinishi mumkin.

Akram Azimov 19 aprel kuni avvaliga Qirg‘izistondan Rossiyaga deportatsiya qilindi. U ko‘p o‘tmasdan Moskvada FSB xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. U terakt tashkilotchiligi uchun sarflangan mablag‘ni yetkazib berishda gumon qilinmoqda. Bu teraktga xalqaro terrorchi guruhlar aloqadorligi aytilmoqda.

17 aprel kuni Akram Azimovning ukasi Abror Azimov ham Moskvada qo‘lga olingandi. U Peterburgdagi terakt ijrochiligidagi asosiy gumondor Akbarjon Jalilovni teraktga tayyorlagani gumon qilingan.

FSB tomoshasi. Azimov O‘shda qo‘lga olingan, keyin Moskvada boshqatdan qo‘lga olingan

Mavzuga oid