Rossiya içki işlar vaziri Sankt-Peterburg metrosidagi terakt taşkilotçilaridan biri bölgani taxmin qilinayotgan Abror Azimovga Rossiya fuqaroligini beriş haqidagi qarorni bekor qildi. Bu haqda içki işlar vazirligining rasmiy vakili Irina Volk ma'lum qildi. 

Xuddi şunday qaror Abrorning ukasi Akromga nisbatan ham qabul qilingan. Tergovning taxminiça, Akrom teraktni tayyorlaşda işlatilgan pullarni jönatiş hamda xalqaro terrorçilar bilan aloqani taşkillaştirişda yordam bergan. 

Fuqarolik bermaslik haqidagi qarorga Perm şahridagi Sverdlovsk tumani sudining Azimovlar otasi fuqarolik beriş iltimosida yolğon ma'lumotlarni berganini aniqlagani asos bölgan.  

3 aprelda Sankt-Peterburg metrosi poyezdida portlaş sodir etilgan. Terakt oqibatida 16 kişi, jumladan teraktni ijro etgan terrorçi-xudkuş Akbarjon Jalilov halok bölgan.

Uşbu hujumni sodir etişda gumon qilinib bir neça kişi, jumladan uning taşkilotçisi, qirğizistonlik Abror Azimov va uning ukasi Akrom Azimov hibsga olingan. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati direktori Aleksandr Bortnikov maxsus xizmatlar terakt buyurtmaçisi şaxsini örnatişganini aytgan, biroq hozirça uning nomi ma'lum qilinmayapti.