Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bektemir tumanida talonchilik bilan shug‘ullanuvchi ikki kishi qo‘lga olindi
2017 yil 17 aprelda Toshkentning Bektemir tumanida noma'lum shaxslar fuqaro X.ning hayoti va sog‘lig‘iga xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, 100 ming so‘m naqd pul va Nokia rusumli uyali aloqa vositasini olib voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot brifingida ma'lum qilindi.
Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 166-moddasi 2-qismi “v” bandi, ya'ni talonchilik jinoyati alomatlari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor tergov ishlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib Rustam Muqimov va bir necha marotaba sudlangan hamda o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan Muzaffar Mamajonovlar gumon qilinib, daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan va ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi ko‘rilgan.



Shu munosabat bilan, Toshkent IIBB yuqoridagi gumonlanuvchilardan jabrlangan fuqarolar bo‘lsa 102 qisqa raqami yoki ichki ishlar idoralariga murojaat qilishlarini so‘raydi.
Mavzuga oid
09:18 / 02.03.2026
Toshkentda tirbandlikni kamaytirish uchun “Dolzarb 90 kunlik” boshlanadi
17:30 / 28.02.2026
Ichki ishlar xodimlarini obro‘sizlantirishda ayblangan Asadbek Jumayevning qamoqdagi suratlari tarqatildi
09:38 / 28.02.2026
Toshkent iqlimiga mos ko‘chatlar yetishtirish yo‘lga qo‘yildi
18:16 / 27.02.2026