Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona qo‘mitasi omborlarda saqlanayotgan mahsulotlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish bilan shug‘ullanadi
Prezident rahbarligida 19 aprel kuni o‘tkazilgan, mahalliylashtirish va eksport masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bojxona omborlarida uzoq vaqtdan buyon saqlanayotgan mahsulotlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish va ulardan keyinchalik foydalanish masalasi ko‘tarildi.
«O‘zbekneftgaz» milliy xolding kompaniyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati rahbarlari A.Sultonov va A.Shukurovga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun keraksiz bo‘lgan tovarlar bojxona omborlarida uzoq muddat saqlanayotgani ko‘rsatib o‘tildi.
Davlat bojxona qo‘mitasiga Hisob palatasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda bojxona omborlarida uzoq vaqtdan buyon saqlanayotgan mahsulotlarni to‘liq inventarizatsiyadan o‘tkazish va ulardan keyinchalik foydalanish, shuningdek, bojxona omborlari tizimini maqbullashtirish va tartibga solish, ular uchun xalqaro standartlar darajasida yagona texnik talablar belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish topshirildi.
Mavzuga oid
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026