Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buffon Chempionlar Ligasi yarimfinalida qaysi jamoa bilan uchrashishni istashini aytdi
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffon Chempionlar Ligasi yarimfinalida qaysi jamoa bilan uchrashishni istashi haqidagi fikri bilan o‘rtoqlashdi. Turinliklardan tashqari, yarimfinalda ishtirok etish huquqini Madridning "Real" va "Atletiko" hamda Fransiyaning "Monako" klublari qo‘lga kiritdilar.
"Musobaqada eng kuchli 4 jamoa qoldi. Ehtimol, bizga o‘z milliy chempionatlarida katta kuch sarflab chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Monako" va "Real" bilan uchrashish yaxshiroq bo‘lardi. "Atletiko" esa bu borada ancha xotirjam va barcha e'tiborini Chempionlar Ligasi o‘yinlariga qaratishi mumkin", deb Buffon aytgan so‘zlarni keltirib o‘tdi Goal nashri.
Yarimfinal juftliklarini aniqlash uchun qur'a tashlash 21 aprelda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
23:54 / 30.09.2025
Olmaotadagi «Qayrat» va «Real» tarixiy o‘yinida beshta gol urildi
13:23 / 27.09.2025
Madridda derbi, «Arsenal» va «Liverpul»da qiyin safar. Hafta o‘yinlari anonsi
12:15 / 02.07.2025
«Real»da yangi yulduz porlashda davom etmoqda, Ramos uyga qaytdi
12:27 / 19.06.2025