KJÇ. 1/8 final
«Real» — «Yuventus» 1:0
1 iyul. Mayami. «Hard Rok»
Gol: Gonsalo Garsiya (54).
«Real» — Kurtua, Trent, Ryudiger, Hausen, Fran Garsiya, Çuameni, Valverde (Seballos, 90), Guler (Modriç, 77), Bellinghem, Vinisius, Gonsalo Garsiya (Mbappe, 68).
«Yuventus» — Di Gregorio, Kalulu, Rugani (Gatti, 86), Kelli (Gonsales, 59), Koşta, Lokatelli (Makkenni, 86), Tyuram, Kambiyazo, Konseysau (Kostiç, 59), Yildiz (Kopmeyners, 71), Kolo-Muani.
Ogohlantiriş: Bellinghem (86).

«Real»ning «Yuventus» bilan öyini — 1/8 finalning sönggi kunidagi desertdek böldi. Oşqozonidagi oğriq tufayli guruh bosqiçini ötkazib yuborgan Mbappe bu safar öyin qaydnomasiga kiritildi va zaxira örindiğidan joy oldi. Boşlanğiç tarkibda esa yana klublar örtasidagi jahon çempionatining kaşfiyotlaridan biri – Gonsalo Garsiya tuşdi. «Qaymoqranglilar»ning 21 yoşli tarbiyalanuvçisi 5-3-2 (yoki 3-5-2) taktik sxemasida Vinisius Junior bilan hujum juftligini hosil qildi. «Yuventus» esa 5-4-1 sxemasidan foydalandi, bunda hujum uçida Kolo Muani harakat qildi.

«Real» birinçi bölimda töpga köproq vaqt davomida egalik qildi (43 ga qarşi 57), ammo ança vaqtgaça xavfli vaziyatlar yarata olmadi. Xabi Alonso şogirdlariga hujumlarni rivojlantirişda jamoaviy tezlik yetişmadi. Bu kamçilikni Vinisius Junior individual harakatlari bilan töldirişga harakat qildi, ammo uning qanotdan qoçib ketişga urinişlari muvaffaqiyatsiz çiqdi.

«Yuventus» esa «Real»dan çöçimadi va öyindagi ilk zarba muallifi Kenan Yildiz böldi. Yettinçi daqiqada turinliklar ilk golli vaziyatni ham yaratişdi. Trent töp yöqotişidan keyin Kolo Muani Yildizga tovonida pas berib, özi oldinga taşlandi va jarima maydoniga kirib borib, Kurtua bilan yakkama-yakka vaziyatda zarba yölladi, ammo töp darvozabonning ham, darvoza tösinining ham ustidan ötib ketdi.

«Real»ning bu öyindagi asosiy quroli uzoq masofadan berilgan zarbalar böldi. Faqat öyinning yarim soati ötgandagina Alonso jamoasi «Yuventus» mudofaasini yorib ötib, ilk golli vaziyatini yaratdi. Bellinghem yaqin masofadan zarba yölladi, ammo darvozabon Di Gregorio «keksa siniora»ni qutqarib qoldi.

Bölimning oxirgi qismini «Real» futbolçilari kuçli ötkazişdi. Öng qanotda Trent Guler bilan örin almaşib öynab, bosim uyuştirişdi. Valverde jarima maydoni taşqarisidan xavfli zarba yölladi – turinliklar darvozaboni yana bir bor özini körsatdi. «Yuventus»ning çarçagan futbolçilari bu vaqtda qarşi hujumga ötişni bas qilişgandi.