Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Korxonalar Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjada shartnomalarni nomigagina tuzib kelgan
Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi videoselektor yig‘ilishida mahalliylashtirish va eksport masalalari muhokama qilindi. O‘zA xabariga ko‘ra, yig‘ilish ishtirokchilari e'tibori aksariyat korxonalar Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjada shartnomalarni nomigagina tuzayotganiga qaratilgan.
Jumladan, «O‘zavtosanoat»,«O‘zmontajmaxsusqurilish», «Toshshahartransxizmat» aksiyadorlik kompaniyalari, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi, «O‘zagrosanoatxolding» xolding kompaniyasi korxonalari 2016 yilda tuzilgan shartnomalar bo‘yicha mahsulotlarni to‘liq xarid qilmagan.
Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari, axborot-tahlil departamentlari mudirlari, vazirlik va idoralar, aksiyadorlik kompaniyalar, uyushmalar, xo‘jalik birlashmalari va yirik korxonalar rahbarlari Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjada 2017 yil uchun tuzilgan shartnomalar o‘z vaqtida, to‘liq amalga oshirilishi uchun shaxsan javob berishi haqida qat'iy ogohlantirilgan.
Mavzuga oid
12:30 / 25.06.2026
Yirik loyihalarda mahalliy qurilish materiallari ulushi oshiriladi
11:45 / 25.06.2026
Prezident: Har bir investitsiya kelishuvi loyiha va yangi ish o‘rniga aylanishi shart
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
16:59 / 24.04.2026