Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda firibgarliklar soni keskin oshib ketdi
2017 yilning 14 aprel kunidan 20 aprel kuniga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida 31 ta jinoyatlar issiq izidan fosh etildi. Bular 1ta bosqinchilik, 3ta – talonchilik, 21ta – o‘g‘irlik, 4ta – firibgarlik, 1ta – transport vositasini olib qochish, 1ta – qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish jinoyatlarini tashkil etgan. Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev ma'lum qilmoqda.
Shuningdek, hafta davomida 41 nafar qidiruvda bo‘lgan jinoyatchilar ushlandi.

IIBB vakilining ta'kidlashicha, joriy yilning 3 oyi 10 kuni davomida jinoyat-qidiruv yo‘nalishi bo‘yicha jinoyatlar 69 taga, jumladan: qasddan odam o‘ldirish, og‘ir tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, tovlamachilik, transport vositasini olib qochish va odam savdosi jinoyatlari kamaygan bir vaqtda, firibgarlik jinoyatlari bilan bog‘liq holat 101 taga keskin oshib ketgan.
Toshxo‘jayev, buning sababi sifatida pul oldi-berdi masalasida huquqiy maslahat olmaslik, mulkiy munosabatlarni belgilangan tartibda vakolatli idoralarda rasmiylashtirmaslik, yengil daromad topish maqsadida pul mablag‘larini foizga berish holatlari, fuqarolarimizning ishonuvchanligi kabi holatlarni alohida qayd etgan.
Mavzuga oid
08:40 / 12.04.2026
Qarz laqabli pora, IIBdagi “plan” va Sindorovning rekordi - hafta dayjesti
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026