Jamiyat | 09:15 / 21.04.2017
14998
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh politsiyasi autizmga chalingan 10 yoshli bolani hibsga oldi

AQShning Florida shtati politsiyasi autizmdan aziyat chekuvchi 10 yoshli bolaning qo‘llariga kishan taqdi. Bu hodisa maktabning o‘zida yuz berdi, deb yozmoqda The Washington Post gazetasi.

Politsiyaning ma'lum qilishicha, bolani ushlashga uning o‘zini agressiv tutgani sabab bo‘lgan. 2016 yil oktabrida Jon Benjamin Xeygud “autizm” tashxisi qo‘yilganidan so‘ng, u bilan shug‘ullanayotgan ustozini urgan edi. Shundan keyin o‘quvchi mashg‘ulotlarga bormagan, biroq 12 aprelda uni umumiy imtihon topshirishi uchun maktabga chaqirishgan. Bu yerda jabrlangan o‘qituvchi uni tanib qolib politsiyaga xabar qilgan. 

Bolaning onasi huquq-tartibot idoralarining o‘g‘lining qo‘liga kishan taqib mashinaga olib chiqishganini videoga olgan. O‘quvchi esa talvasaga tushib qolgan hamda o‘ziga tegmaslikni so‘rab baqirgan. 

Bolaning onasi politsiya mahkamasiga uning "autizm"dan aziyat chekishini va juda qattiq qo‘rqqanini bildirgan. Onaning o‘g‘li bilan birga borishiga politsiya ruxsat bermagan. Nashrga ko‘ra, bola bir kechani politsiyada o‘tkazgan. 

Autizm – ruhiy xastalik bo‘lib, bemor tashqi kishilar bilan muomala qilishdan qochadi. 

Mavzuga oid